Заслуженному тренеру по дзюдо Пятаеву В.Е.- 70 лет

Опытному учителю, педагогу и заслуженному тренеру Республики Узбекистан Владимиру Пятаеву, который оказал большой вклад в развитие узбекского спорта, в том числе и дзюдо, исполнилось 70 лет.

В связи со знаменательной датой, федерация дзюдо Узбекистана провела церемонию поздравления с юбилеем. В нем приняли участие председатель Национального олимпийского комитета Узбекистана Рустам Шаабдурахманов, генеральный секретарь НОК Ойбек Касымов, заместитель председателя НОК, председатель федерации дзюдо Узбекистана Азизжон Камилов, председатель Совета ветеранов спорта Узбекистана Баходир Махситов, ветераны спорта, тренеры и ученики Владимир Евгеньевича.

Участники мероприятия тепло отзывались о Владимире Пятаеве, воспитавшем сотни спортсменов, прославивших узбекский спорт на весь мир. Подарки к юбилею вручили Национальный олимпийский комитет Узбекистана, Совет ветеранов спорта Узбекистана, федерация дзюдо и ряд других федераций.

  • O‘zbek dzyudosining darg‘asi Vladimir Pyatayevning yubileyi munosib nishonlandi.

O‘zbek sporti, xususan, dzyudosi rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan murabbiy, pedagog, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Vladimir Pyatayev qutlug‘ 70 yoshni qarshi oldi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan yubilyarni qutlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, O‘zbekiston sport faxriylar kengashi raisi Bahodir Maxsitov, sportimiz faxriylari, Vladimir Yevgenyevich bilan turli yillarda yelkama-yelka faoliyat yuritgan murabbiylar hamda shogirdlari ishtirok etdi.

  • Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek sporti dovrug‘ini dunyoga yana-da tanitgan yuzlab sportchilarni tarbiyalab bergan Vladimir Pyatayev haqida juda iliq fikrlarni bildirishdi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sport faxriylari kengashi, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, qator federatsiyalar yubilyarga o‘z sovg‘alarini taqdim etishdi.