Лицензионный чемпионат Азии по художественной гимнастике.

В Ташкенте завершился лицензионный чемпионат Азии по художественной гимнастике. Как ранее нами сообщалось, наши девушки в групповых упражнениях завоевали золотую медаль, а также, путёвку на Токийскую Олимпиаду.

Прошла церемония награждения победительниц в групповом упражнении. В мероприятии приняли участи заместитель председателя НОК Шерзод Ташматов, и.о. председателя федерации гимнастики Узбекистана Руслан Мустаев, председатель Совета ветеранов спорта Узбекистана Баходир Махситов, представители Министерства туризма и спорта. Вручая золотые медали девушкам, ответственные лица поздравили их с одержанной победой и пожелали успехов в предстоящей Олимпиаде.

Напоминаем подопечные Екатерины Пирожковой — Нилуфар Шомуродова, Ксения Александрова, Динара Равшанбекова, Севара Сафоева и Камола Ирназарова удостоились лицензии Токио-2020 в групповых упражнениях. Также, в многоборье, Тахмина Икрамова завоевала серебро, а Екатерина Фетисова — бронзу.

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Xabar berganimizdek, unda guruh mashqi yo‘nalishida ishtirok etgan terma jamoamiz qitʼa birinchiligini qo‘lga kiritish barobarida Tokio-2020 yo‘llanmasiga ham sazovor bo‘ldi.

Guruh mashqi dasturida o‘tgan bellashuvlarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Ruslan Mustayev, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Turizm va sport vazirligi vakillari ishtirok etishdi. Mutasaddilar gimnastikachi qizlarimizga oltin medallarni taqdim qilishar ekan, ularning qo‘lga kiritgan g‘alabalari bilan samimiy muborakbod etib, Tokio-2020 Olimpiadasida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilab qolishdi.

Eslatib o‘tamiz, murabbiy Yekaterina Pirojkova qo‘l ostidagi qizlarimiz Nilufar Shomurodova, Kseniya Aleksandrova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoyeva va Kamola Ernazarova guruh mashqi dasturida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan. Shuningdek, ko‘pkurash dasturida Taxmina Ikromova kumush, Yekaterina Fetisova bronza medali sohibi bo‘ldi.